Ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli fakt – Maldiv Respublikasi – bu 100 foiz musulmon davlat. Maldiv orollarida haqiqatda ham islom – asosiy din hisoblanadi. Fuqarolarga spirtli ichimliklarni sotish va mamlakatga xorijiy davlatlardan olib kirish qonun darajasida taqiqlangan. Mehmonxonalarda beriladigan yeguliklar – halol.
Har bir orolda ham mehmonxona xodimlari, ham mehmonlar uchun masjidlar mavjud. To‘liq riflardan ishlangan eng chiroyli masjid esa Male shahrida joylashgan.
Maldiv orollariga sayohat – bu oppoq plyajlarda dam olish, toza okean suvlariga sho’ng’ish, rang-barang suvosti dunyosidan zavqlanish, dengiz hayotini his etish imkoniyatidir.
⠀
Maldiv orollari jannatmonand xordiq, sokinlik, xotirjamlik va tabiat bilan uyg’unlikni o’zida mujassamlashtirgan.
Turga kiritilgan
- Toshkent – Male – Toshkent aviachiptalar
- Maldivdagi 3* li mehmonxonada istiqomat qilish
- Transferlar
- Ovqatlanish turi: Maldivda «barchasi kiritilgan»
- Viza xizmatlari
- COVID-19 ni qoplash bilan tibbiy sug‘urta polisi







